Suares faoliyatida ilk marta La liganing safar bahsida penaltidan g'alaba to'pini kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

«Atletiko» hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 19-turi doirasida «Eybar»ga qarshi o'yinda ikkita gol muallifiga aylandi.
Eybar shahrida o'tkazilgan o'yinda madridliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. "Atletiko"ning ikkinchi golini Suares 89-daqiqada penaltidan urishga muvaffaq bo'ldi. Urugvaylik futbolchi uchun mazkur gol La liganing safar bahsida penaltidan urilgan ilk g'alaba to'pi bo'ldi.
«Atletiko» 44 ochko bilan jadvaldagi peshqadamlikni mustahkamladi. Jamoa ikkinchi pog'onadagi «Real»dan 7 ochko ortda qolmoqda. "Matraschilar" hisobida bitta zaxira o'yini mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249