"Real"da Zidanni o'rnini kim egallashi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 561

ESPN Argentina nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Real» rahbariyati Zinedin Zidanni o'rniga Marselo Galyardoni olib kelish variantini ko'rib chiqmoqda. Galyardo ayni paytda Argentinaning «River Pleyt» jamoasini boshqarib kelmoqda.
Marselo Janubiy Amerikaning eng kuchli murabbiylaridan biri sanaladi. «River Pleyt» uning qo'l ostida ikki marta Libertadores Kubogini qo'lga kiritdi.
Galyardoni yozda "Real"ga taklif qilish ko'zda tutilgan. Ayni paytda "Qirollik klubi" rahbariyati Zidan mavsumni yakunlab olishini kutmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252