Rasman: "Yuventus" yangi hujumchi sotib oldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488

Turinning «Yuventus» klubi o'zining rasmiy sayti orqali Kristofer Lungoyining transferini rasman ma'lum qildi. 20 yoshli shveytsariyalik hujumchi o'z yurtida «Lugano» jamoasi sharafini himoya qilgan.
Taxminlarga ko'ra, «Yuventus» ushbu transfer uchun 200 ming evro to'ladi. Futbolchi hozircha jamoaning ikkinchi tarkibi bilan o'ynaydi.
Lungoyi joriy mavsumda Shveytsariya chempionatida bitta ham gol ura olmadi. Avvalroq u o'z mamlakatining yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247