"Yuventus" futbolchisi Rimga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Huquqiy jihatdan Turinning «Yuventus» klubiga tegishli bo'lgan, ayni paytda faoliyatini Frantsiyaning "Renn" klubida ijara asosida o'tkazayotgan Daniele Rugani shu oyda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Football Italia nashrining yozishiga qaraganda, 26 yoshli futbolchini Rimning "Latsio" klubi ijaraga olish niyatida. Rimliklar bu borada "Yuventus" rahbariyatiga rasmiy so'rovnoma yuborgan.
Rugani «Renn» klubiga o'tgan yilning oktyabr oyida ko'chib o'tgandi va u shu paytgacha Frantsiya chempionatida bitta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259