Ravshan Ermatov Andijon viloyatiga tashrif buyurdi va Shuhratbek Abdurahmonov bilan uchrashdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi-vitse prezidenti Ravshan Ermatov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, bir qator mutasaddi va mutaxassislar Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
Safar davomida hududlarda futbol bilan muntazam shug'ullanish, sog'lom turmush tarzi hamda sportni aholi o'rtasida keng tadbiq etish hamda futbol ommaviyligini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqti.
Mutaxassislar Andijon shahri "Sho'rbuloq" dahasida joylashgan futbol mahorat maktabi va boshqa tumanlarda sportga va hususan futbolga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Yosh futbol tarbiyalanuvchilarining mashg'ulot jarayonini kuzatish barobarida, joylarda bolalar-o'smirlar futboliga bo'lgan e'tibor hamda imkoniyatlarni ko'zdan kechirdi. Infratuzilmaning talab darajasiga mos kelishi borasida takliflar bildirildi.
Ravshan Ermatov Andijon viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shuxratbek Abdurahmonovga viloyatda futbolni rivojlantirishda amalga oshirayotgan ishlari uchun O'FAning tashakkurnomasi va esdalik sovg'alarini topshirdi.
Shuningdek viloyat futbol assotsiatsiyasi moddiy texnik bazasini yaxshilash va uning faoliyatini OAVda keng yoritilishini ta'minlash maqsadida O'FA tomonidan texnik jihozlar va zarur o'quv qo'llanmalar taqdim etildi.



Bosh sahifaga
260