Runi «Derby Kaunti» ni tark etishi mumkinmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266

«Aslo, men ishdan ketmoqchi emasman. Biz yanvar oyida ba'zi transferlarni amalga oshirishni xohlaymiz. Menimcha, bu bizga kerak. Ammo, buni qila olmasak ham, hech qanday falokat bo'lmaydi. Chunki men bizda mavjud bo'lgan futbolchilarning salohiyatiga ishonaman. Ularga ham, menga ham jamoa atrofidagi muammolar ma'lum.
Ish haqlarining kechikayotgani sabab, klub hozircha transfer bozoriga kira olmayapti. Ideal holda, futbolchilar qancha tezroq pul olsalar, biz shuncha tez harakat qilishimiz mumkin. Shundagina o'zimizga jalb qilmoqchi bo'lgan futbolchilar haqida hotirjam gaplashishimiz mumkin» - deya Runi so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Eslatib o'tamiz, 15 yanvar kuni Ueyn Runi Ingliz klubi bilan 2,5 yilga shartnoma imzolagan edi.
Ma'lumot o'rnida, «Derbi Kaunti» 24 turdan so'ng, 22 ochko to'plab, chempionat jadvalida 22 o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
260