Rasman! Darko Stanoevich — «Neftchi» a'zosi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228

Yangi futbol mavsumiga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" jamoasining transfer sohasidagi faoliyati davom ettirilmoqda.
Bugun klub ixtiyoriga mamlakatimizning "Navbahor", AGMK, "Surxon", "Mash'al" singari jamoalarida legioner maqomida yorqin o'yinlari bilan nom qozongan serbiyalik tajribali himoyachi Darko Stanoevich kelib qo'shildi va shu kunning o'zida futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolandi.
Kunning ikkinchi yarmida tajribali himoyachi "Neftchi"ning o'quv-yig'in mashg'ulotlaridagi harakatini boshlab yubordi.
Aytib o'tish joizki, yaqin kunlarda jamoa safiga yana bir tajribali legioner hujumchining kelib qo'shilishi kutilmoqda.
"Neftchi" matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165