FIFA va 6ta konfederatsiyalar Evropa superligasiga jiddiy zarba berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

FIFA, UEFA va 5ta qit'a konfederatsiyalari Evropa tashkil qilinishi kutilayotgan Superliga musobaqa haqida bayonot bilan chiqishdi.
"Evropada "Superliga"ni tashkil etish g'oyasi paydo bo'lgach, FIFA va 6ta qit'a konfederatsiyalar (AFC, CAF, CONCACAF, CONMEBOL, OFC va UEFA) yana bir marta shuni takrorlashni va qat'iyan ta'kidlashni istaymizki, bunday musobaqa na FIFA, na boshqa konfederatsiyalar tomonidan tan olinadi. Shu tariqa, ushbu turnirda ishtirok etgan har qanday klub yoki har qanday o'yinchiga FIFA yoki boshqa konfederatsiyalar tomonidan o'tkaziladigan musobaqada ishtirok etilishiga yo'l qo'yilmaydi.
FIFA va konfederatsiyalar nizomiga ko'ra, barcha musobaqalar tegishli organlar tomonidan tegishli darajada o'tkazilishi kerak. Bu borada konfederatsiyalar klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining hozirgi va yangi formatda tan olishadi. FIFA esa konfederatsiyalar o'tkazadigan klublar o'rtasidagi turirlarni tan oladi", — deyiladi FIFA rasmiy sayti tarqatgan bayonotda.
Imzo chekdilar:
Janni Infantino - FIFA prezidenti
Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa - AFC prezidenti
Konstan Omari - CAF prezidenti ijrosi direktori
Vittorio Montalyani - CONCACAF prezidenti
Alexandro Dominges - KONMEBOL prezidenti
Lambert Maltok - OFC prezidenti
Aleksandr Cheferin - UEFA prezidenti

Bosh sahifaga
144