"Paxtakor" Dubayga jo'nab ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

"Sherlar" xorij yig'inini o'tkazish uchun BAAning Dubay amirligiga yo'l olishdi.
21 yanvardan 5 fevralga qadar BAAning Dubay amirligida yig'in o'tkazish rejalashtirilgan. Yig'in davomida uchta nazorat bahsi tashkil etiladi. O'yinlar Rossiyaning nomdor klublari "Zenit" va "Spartak", shuningdek, Latviyaning "Riga" jamoasiga qarshi o'tkaziladi. Bellashuvlar mos ravishda 24 va 30 yanvar, 3 fevral kunlari bo'lib o'tadi. "Zenit" bilan bahs "Nad ash-Sheba", keyingi ikki uchrashuv esa "Jebel Ali" majmuasi maydonida o'tkaziladi. O'yinlar Toshkent vaqtida keltirilgan.
Yig'in mobaynida jamoamiz Dubaydagi "Grand Xayatt" mehmonxonasida istiqomat qilishi mo'ljallangan.
24 yanvar, 12:00, "Nad Ash-Sheba"
"Paxtakor" - "Zenit" (Sankt-Peterburg)
30 yanvar, 17:00, "Jebel Ali"
"Paxtakor" - "Spartak" (Moskva)
3 fevral, 17:00, "Jebel Ali"
"Paxtakor" - "Riga" (Latviya)
Yig'inda ishtirok etadiganlar ro'yxati:
Darvozabonlar - Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov, Aziz Isaqov.
Himoyachilar - Sherzod A'zamov, Hojiakbar Alijonov, Farruh Sayfiev, Akram Komilov, Anzur Ismoilov, Marlen Chobanov, Shahzod Azmiddinov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Egor Krimets.
Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov, Vladimir Kozak, Sardor Sobirxo'jaev, Dragan Cheran, Abror Ismoilov, Asad Sobirjonov, Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov, Humoyunmirzo Iminov, Ruslan Roziev, Sherzod Temirov.
Hujumchilar - Eren Derdiyok, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Ulug'bek Hoshimov.
Murabbiylar shtabiga uzoq yillardan beri yurtimizda ishlab kelayotgan Mirko Elichich kelib qo'shilganini ta'kidlab o'tamiz. U "Paxtakor"da faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.
Bosh murabbiy - Piter Xyuistra.
Murabbiylar - Gocha Tkebuchava, Laslo Yambor, Mirko Elichich, Anvar Rashidov.
Texnik direktor - Sobir Xodiev.
Sport direktori - Ja'far Irismetov.
Shifokor - Umid Bahromov.
Massajchilar - Shavkat Eryomin, Vitaliy Sizov.
Tasvirchi - Hojiakbar Sharapov.
Ilmiy xodimlar - Yuriy Siyanov, Sergey Malashtan.
Ma'murlar - Doston Tolibjonov, Shoyunus Shoqodirov.

Bosh sahifaga
165