Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416

Turinning «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya Superkubogi doirasida«Napoli» (2:0) darvozasini ishg'ol etdi.
Ushbu gol portugaliyalik yulduzning rasmiy o'yinlardagi 760-goliga aylandi.
Squawka portalining qayd etishicha,Ronaldu Avstriya va Chexoslovakiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Yozef Bitsanni (759 gol) ortda qoldirdi va futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanib oldi.
Uchinchi o'rinda esa Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi, futbol afsonasi Pele (757 gol) bormoqda.
Qayd etish kerakki, Bitsan va Pelelarning kiritgan gollari borasidagi boshqacha ma'lumotlar mavjud.
Masalan, Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (RSSSF) hisob-kitobiga ko'ra, Bitsan 805 ta gol, Romario 772 va Pele 767 ta gol kiritgan.

Bosh sahifaga
234