Bernardu: "Asosiysi muhim g'alabani qo'lga kiritdik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Angliyaning «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva «Aston Villa» (2:0) ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz uchun juda qiyin o'yin bo'ldi, chunki 79-daqiqagacha gol kirita olmadik. Lekin, aynan shu daqiqada hisobni ochib, maqsadimizga erishdik. Ayni paytda juda baxtiyotmiz. Muhim g'alabani qo'lga kiritdik.
So'nggi golimni o'tgan mavsumda kiritgandim. Albatta, bugun gol kiritganimdan juda xursandman. Eng asosiysi, biz hozir etakchimiz, lekin oldimizda uzun yo'l turibdi.
Oxirgi paytlarda juda yaxshi o'ynayapmiz, kam gol o'tkazib yuboryapmiz, mana shunday ruhda davom etishimiz kerak», - dedi Silva BT Sport bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230