Riberi Germaniyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253

Sobiq "Bavariya" o'yinchisi va hozirda Italiyaning "Fiorentina" klubi sharafini himoya qilayotgan Frank Riberi foaliyatini yana Germaniyada davom ettirishi mumkin. Bunga futbolchining o'zi ham ishonmoqda.
"Ayni paytda men "Fiorentina"daman va men ularga kerakligimni doimo his qilganman. To'g'ri, Germaniyaga qaytish variantini ham o'ylab qo'yganman biroq uni qachon amalga oshishini bilmayman.
Balki bu mavsum tugagach sodir bo'lar. Ammo Bundesligada faolitimni yakunlash katta orzularimdan biri", - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz Riberi "Fiorentina"ga "Bavariya"dan 2019 yilning yozida kelib qo'shilgan bo'lib u bungacha "qizillar" safida jami 24 ta sovrin yutishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222