Marselo Ronaldu kabi qimmat karovat xarid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 417

"Real" himoyachisi Marselo o'zgacha xususiyatga ega bo'lgan karovat sotib oldi.
"El Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi ushbu karovatni "Hogo" firmasidan xarid qilgan edi. Ma'lumotlarga qaraganda, u qarish jarayonini sekinlashtirishda yordam beradi. Karovat uyqu jarayonida organizmning tez tiklanishiga imkon beradi, jarohatlanish xavfini pasaytiradi va organizmda oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi.
Ushbu mebelning narxi 35 ming evroga teng. Avvalroq bunday karovatni Krishtianu Ronaldu ham xarid qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Marselo joriy mavsumida atigi 6ta o'yinda maydonga tushdi. Hozirda u jarohatdan tiklanish jarayonini o'tamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
148