«Dinamo» bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276

2020 yilgi mavsumdan keyin «Dinamo» jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etgan bir qator futbolchilar klubni tark etib, boshqa jamoalarga o'tishdi.
Jumladan, darvozabonlar – Shoxruhjon Raimov, Erkin Jabborov, himoyachilar – Hakimxon A'lamxonov, Avaz Agaliev, Iskandar Siddiqjonov, yarimhimoyachilar – Damir Temirov, Bobur Qosimov, Farhod Namozov, Sharofiddin Shobirov, Eldor Boymatov, hujumchilar – Amirjon Safarov, Andrey Sidorov, Azamat Allaniyozov klub bilan xayrlashishdi.
Shuningdek, 2020 yilda «Dinamo» safida ijara asosida to'p surgan Jahongir Ahmadov, Suhrob Nurulloev, Shahboz Nuriddinov va Oybek Nurmatov ham o'z klublari safiga qaytishgan.
«Dinamo» jamoasi klubni tark etgan barcha futbolchilarga, shu jumladan Samarqanddagi ko'p yillik faoliyatidan keyin boshqa jamoaga o'tishga qaror qilgan klub tarbiyalanuvchilariga ham hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

Bosh sahifaga
261