"PSJ" "Arsenal" futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

Italiyaning "Calciomercato" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Ispaniyalik himoyachining xizmatlariga "PSJ" rahbariyati qiziqish bildirmoqda. Parijliklar 25 yoshli o'yinchi uchun 28 million evro to'lashga tayyor.
Belerin uchun "Barselona" va "Yuventus" ham da'vogarlik qilmoqda. U "to'pchilar" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, 2013 yildan buyon asosiy jamoa sharafini himoya qilib kelyapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
145