Pirlo: «Chempionlikni ketma-ket o'ninchi marta qo'lga kiritmoqchimiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoasining A Seriyadagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.
«Chempionlikni ketma-ket o'ninchi marta qo'lga kiritmoqchimiz. Ehtimol, o'yinimizda biroz pasayish bo'lgandir, ammo ambitsiyalarimiz o'zgarmagan.
Hozir qiyin payt, lekin yakunda biz chempion bo'la olishimiz mumkin. O'zimni adashib qolgandek his qilmayapman, bunday vaziyatlarga ko'nikib qolganman.
Futbolchilarga achinaman, ularga adolatsiz hujumlar bo'lmoqda. Menga hujum qilishlarini afzal ko'raman. Biroq, futbol shunday», – dedi Pirlo.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219