«Barselona» Messining diskvalifikatsiyasiga qarshi apellyatsiya beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236

«Barselona» klubi sardori Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tomonidan 2a o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Klub esa ushbu qarorga qarshi apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "ko'k-anorranglilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Messi Ispaniya superkubogi finalida Bilbaoning «Atletik» klubi hujumchisi Aser Vilyalibrening yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Agar "Barsa"ning apellyatsiyasi rad etilsa, argentinalik futbolchi Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan «Kornelya»ga qarshi o'yin va La Liganing 20-turi doirasidagi «Elche»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. U 31 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Bilbaoga qarshi uchrashuvda maydonga qaytadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213