Sesar Azpilikueta: «Bir oyda hammasi o'zgarib ketdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200

"Biz juda o'zimizga talabchan va barcha sovrinlar uchun kurashgan holda doim yuqoriga intiladigan jamoamiz. Natija ko'ngildagidek emasmi, demak yanada yaxshilanishimiz kerak. Dekabr oyining boshlarida «Chelsi» APLning eng yuqori pog'onasida turganini barcha biladi. O'shanda ko'pchilik bizni chempionlikka da'vogar deb o'ylayotgan edi.
Ammo, bir oy o'tgach, vaziyat o'zgarib ketdi. Natijalar biroz yomonlashdi shu sababli turnir jadvalida pastlashga majbur bo'ldik. Shundan so'ng, odamlar bizni chempionlik kurashidan chiqib ketganimizni aytishmoqda. Ammo, biz qanday ishlashni bilamiz. Endi, noyabr va dekabr oyi boshlaridagi kabi barqarorlikni tiklamoqchimiz» - dedi Azpilikueta.
Ma'lumot uchun, «aristokratlar» APL turnir jadvalida 18 uchrashuvdan so'ng 29 ochko to'plagan holda 7 pog'onadan joy olishgan.
Manba: sky sports
Bosh sahifaga
235