«Inter» etakchisiga Manchester klubidan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381

«Man Siti» «Inter» hujumchisi Romelu Lukakuga qiziqb qolgan. "Shaharliklar" futbolchi uchun 80 million evro sarf qilmoqchi, deya xabar beradi italiyalik jurnalist Fabio Santi. Manbaga ko'ra, klub rahbariyati Lukakuga mavsumda 15 million evro maosh taklif etmoqchi. Belgiyalik, ayni paytda «neradzurri» tarkibida 10 million evro pul ishlab topadi.
Qayd etish kerak, milanliklar hujumchisi joriy mavsum A Seriya doirasida 17 uchrashuv o'tkazib, 13 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan va 3 bora golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234