A Seriya klubiga yangi murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

Turin klubi «Torino»ning kecha bosh murabbiy Marko Jampaoloni iste'foga chiqargani to'g'risida xabar bergan edik.
O'z navbatida klub matbuot xizmati yaqin orada jamoaga yangi murabbiyning tayinlanganini ham ma'lum qilmoqda. Unga ko'ra Davide Nikola bugundan boshlab ushbu lavozimda faoliyatini davom ettiradi.
Italiyalik mutaxassis o'zining «Livorno», «Bari», «Krotone» hamda «Udineze» kabi klublardagi faoliyati bilan ko'pchilik muxlislarga tanish.
Ma'lumot uchun ayni damda «Torino» 18 uchrashuvdan so'ng turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238