«Atletiko» Simeonega qancha muddatli bitim taklif etdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248

Madrid klubi bosh murabbiy Diego Simeonening jamoada amalga oshirayottgan ishlaridan qoniqish hosil qilmoqda va uni boshqa klubga qo'yib yubormoqchi emas.
AS xabariga ko'ra «matraschilar» rahbariyati argentinalik mutaxassis bilan amaldagi shartnomani 2024 yilgacha uzaytirishni rejalashtirgan. Biroq pandemiya sababli maosh masalasida avvalgi summaga o'zgartirish kiritilmaydi.
Eslatib o'tamiz, Simeonening «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi. 2011 yilda jamoa bosh postiga qabul qilingan murabbiy bu orada jami 7 ta sovrin yutishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222