"Marsel" futbolchisi APLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240

"Marsel" yarimhimoyachisi Morgan Sanson faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi Sky Sports nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchiga "Aston Villa" klubi qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Birmingemliklar futbolchini qishda emas yozda sotib olishni rejalashtiryapti.
Oldinroq, "Marsel" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash APL klublarining yarim himoyachiga qiziqishini tasdiqlagan edi.
2020/21 yilgi mavsumda Sanson "Marsel" tarkibida 18 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: Sky SportsFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225