«Torino» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

"Torino" klubi rahbariyati bosh murabbiy Marko Jampaolo bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Jamoa A seriyaning 18-turi doirasida "Spetsiya" bilan durang (0:0) natija qayd etgach rahbariyat shunday qarorga keldi. Mazkur bahsda turinliklar 8-daqiqadan boshlab bir kishi ko'p bo'lib o'yngan edi.
Davide Nikola "Torino"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi kutilmoqda. Ushbu mutaxassis shu paytgacha "Krotone", "Jenoa" va boshqa klublarda ishlagan.
"Torino" Italiya chempionatining 18-turidan so'ng 13 ochko bilan jadvalda 18-pog'onani egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165