Garri Nevill: «Runi — men ko'rgan markaziy hujumchilar orasida eng zo'ri»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 216

“Manchester Yunayted” klubi sobiq himoyachisi Garri Nevill bir necha kun oldin faoliyatini tugatgan Runi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Runi “Manchester Yunayted”da men ko'rgan markaziy hujumchilar orasida eng zo'ri. Uni «Yunayted» tarixidagi eng yaxshisi deb bilaman. Shuningdek, u Krishtianu Ronalduning yuqori darajaga etishida ham katta hissa qo'shgan. Runi bilan birga o'ynaganimdan faxrlanaman.
Men Kantona, York, Koul, Sheringem, Sulsher, Berbatov, Teves kabi nafaqat Angliya, balki dunyoning eng buyuk hujumchilari bilan birga o'ynaganman va Ueyn Runi men uchun birinchi raqamlisi bo'lib qolaveradi”, — dedi Nevill.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272