Ibrahimovich ketma-ket 23 yildan beri gol urib kelmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Italiya chempionatining 18-turi doirasida "Kalyari" klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shvetsiyalik futbolchi uchun mazkur gollar 2021 yildagi dastlabkilari bo'ldi. U jarohat tufayli 2 oy davomida maydondan tashqarida qolgan edi.
Zlatan 23 yildan beri kamida bitta gol urib kelmoqda. U o'zining faoliyatini 1999 yilda Shvetsiyaning "Malmyo" klubida boshlagan. Shundan beri u gol urmagan biror yil bo'lmadi.
Ibrahimovich joriy mavsumda "Milan" safida 13ta uchrashuvda 12ta gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267