Osiyo kubogi-2015 xotiralari: O'zbekiston Saudiyani qanday mag'lub etgan edi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

Aynan ushbu kun (18 yanvar), 2015 yil Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida guruh bosqichining hal qiluvchi bahsida, Melburn shahrida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazgandik. Bizni faqat va faqat g'alaba qoniqtirardi xolos. Aks holda... o'ylash ham qo'rqinchli edi.
Kechagidek yodimda: kiyinish xonasida hayajon, ruhiy bosim, qisqasi, asabiy holat hukmron edi. O'yinga chiqishdan oldin bosh murabbiy notiqlarga xos baland va aniq ohangda shunday so'zlarni aytgandi: “Yigitlar! Jangchilar! Bugun maydonga ustoz sifatida mening sha'nim uchun emas, mehnat ila topgan o'zingizning sha'ningiz uchun ham emas, balki qaerda bo'lmasin sizni bugun yuragini hovuchlab kuzatib turuvchi ota-onangiz sha'niyu ishonchi uchun, sizga oq fotiha bergan birinchi ustozingiz haqqi-hurmati uchun, Vatan sha'ni himoyasi uchun maydonga tushamiz! Ortga yo'l yo'q! Olg'a yigitlar!"
Maydonga chiqqanimizda muxlislarimizning “Umri, no pobedi!” yozuvli banerini ko'rgach yigitlar haqiqatdan ham ortga yo'l yo'qligini anglab etishgandi.
Abror Pirriev.
O'zbekiston terma jamoasi shifokori
Osiyo kubogi-2015
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni - 3:1
Gollar: S. Rashidov (2ʼ, 79ʼ), V. Shodiev (71ʼ)
O'zbekiston: I. Nesterov, A. Ismoilov, V. Denisov, Sh. Mullajonov, Sh. Muhammadiev (A. Shorahmedov 86ʼ), A. Haydarov, O. Ahmedov, J. Hasanov, J. Iskanderov (V. Shodiev 66ʼ), B. Nasimov, S. Rashidov (S. Tursunov 90ʼ)
Zaxira: E. Suyunov, Y. Krimets, S. Jeparov, I. Sergeev, L. To'raev, T. Kapadze, A. To'raev, F. Sayfiev

Bosh sahifaga
153