Messining diskvalifikatsiya muddati 19 yanvar kuni e'lon qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasining musobaqalarni o'tkazish qo'mitasining yig'ilishi ertaga — 19 yanvar, seshanba kuni bo'lib o'tadi.
RAC1 tarqatgan xabarga ko'ra, unda «Barselona» hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasi ko'rib chiqiladi.
Agar argentinalik futbolchining harakatlari tajovuzkorona deb topilsa, u eng kamida 4ta o'yinga chetlatiladi (eng ko'pi — 12ta o'yin). Superkubok bahslari bo'yicha qo'llanilgan sanktsiya Ispaniyadagi barcha musobaqalarga tadbiq etiladi.
Eslatib o'tamiz, Messi «Atletik» hujumchisi Aser Vilyalibrening yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150