Kuman Messi bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

«Barselona» ustozi Ronald Kuman jamoa sardori Lionel Messining olgan qizil kartochkasiga izoh berdi.
«Yaxshisi bu hodisaga javob bermaganim ma'qul. Albatta, men jamoa ustozi sifatida uni oqlamoqchi emasman.
Shuningdek, Leoning qancha muddatga diskvalifikatsiya qilingani ham menga qorong'u. U yo'lida yurayotib shunchaki o'zini raqibdan olib qochishga kechikdi. Uning o'ylagani o'xshamay qoldi xolos.
Men uni kechiramanmi? - Vaziyatni to'liq kuzatmay turib xulosa chiqara olmayman», - deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Qayd etish kerak, 33 yoshli futbolchi ushbu harakati uchun kamida 2 o'yinga diksvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150