Rasman! Gamshik «Napoli»ni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6999
Italiyaning "Napoli" klubi yarim himoyachisi Marek Gamshik Xitoyning "Dalyan Ifan" klubiga o'tdi. Bu haqda neapolliklar xo'jayini Aurelio De Laurentis xabar berdi.
"Gamshik ketmoqda. Biz xitoyliklar bilan kelishib oldik. Marekka Xitoyda muvaffaqiyat tilayman. "Napoli"ning eshiklari uning uchun har doim ochiqdir", - dedi mulozim.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli Hamshik 2009 yildan beri «Napoli» tarkibida o'ynab kelayotgandi. U jami 408ta o'yinda maydonga tushib, 100ta gol urgan.
Slovakiya terma jamoasi safida 108ta o'yinda maydonga tushib, 22 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!