O'zil "Fenerbaxche" bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Mesut O'zil «Arsenal»dagi etti yarim yillik faoliyatidan so'ng, Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga ko'chib o'tishga qaror qildi.
7 martdan beri maydonga tushmayotgan O'zil 350 000 evro haftalik maoshini bekor qilgandan so'ng, turk klubiga erkin agent sifatida borib qo'shiladi. Hali rasman ikki jamoa tomonidan kelishuv e'lon qilinmagan bo'lsa-da, bu haqda O'zilning o'zi gapirib o'tgan. U Turkiyaning «NTV» kanali bilan uyushtiriladigan intervyu oldidan juda ham hayajonlanayotganini va dushanba kuni ertalab Istanbulga etib borishini aytgan.
“Men «Fenerbaxche» muxlisiman. Shuning uchun ham Turkiyaga «Fenerbahche» uchun kelyapman. Juda ham hayajondaman. Alloh menga «Fenerbahche» libosini muhlis sifatida kiyishni nasib qilgan. Yaratganga shukurlar bo'lsinki, endi bu libos bilan futbol o'ynayman va klub uchun hamma narsa qilishga tayyorman. Bu men uchun sharaf”,-dedi O'zil

Bosh sahifaga
185