«Liverpul» so'nggi 16 yildagi yomon natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

«Liverpul» hamda «Manchester Yunayted» (0:0) jamoalari APLning 19-turida durang o'ynadi.
Yurgen Klopp shogirdlari ketma-ket uchta o'yindan beri gol ura olishmayapti.«Liverpul» so'nggi uchta uchrashuvda «Sautgempton» (0:1), «Vest Bromvich» (0:0) va «MYu» (0:0) jamoalari darvozasiga yo'l topa olmadi.
Bu «qizillar»ning 2005 yildan beri eng yomon natijasi. 2005 yilda Rafael Benites qo'l ostidagi "Liverpul" fevral-mart oylarida bo'lib o'tgan uchta o'yinda gol ura olmagandi.
«Liverpul» keyingi turni 21 yanvar kuni «Byornli» jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291