Gattuzo yirik hisobdagi g'alabadan keyin nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Italiyaning «Napoli» ustozi Jennaro Gattuzo A Seriya doirasida «Fiorentina» jamoasi ustidan qo'lga kiritilgan yirik hisobdagi g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. «Aduzrrilar» "Fiorentina" jamoasini 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
«Juda ajoyib o'yinni o'tkazdik. O'ylaymanki, bugun sodir etgan barcha xavfli vaziyatlarimizni golga aylantira oldik.
Birinchi bo'limda to'rtta gol kiritdik va jamoamizning ikkinchi bo'limga ruhiyatini saqlab qolish oson bo'lmadi. Bir necha marotaba o'z futbolchilarimga baqirishga to'g'ri keldi», - dedi Gattuzo DAZN bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196