"Fiorentina" ustozi: "Bu mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

Italiyaning «Fiorentina» klubi bosh murabbiy Chezare Prandelli A Seriya doirasida «Napoli» (0:6) jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Bitta ham sariq kartochka olmasdan bunday hisobda mag'lubiyatga uchrashimiz bizni chuqur o'yga soldi. Darvozamiz tomon yo'llangan oltita zarbaning barchasi golga aylandi, bunday o'yinlar haqida fikr bildirish qiyin. Muxlislardan uzr so'ramoqchiman, bunday hodisa faoliyatim davomida ro'y bermagan, ushbu mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak.
O'yin davomida yaxshi narsalarni ham ko'rdim, ammo turnir jadvalida bunday vaziyatda turgan paytimizda yutqazmasligimiz kerak», - dedi Prandelli Football Italia bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258