Xarri Keyn Ronalduga etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Bugun, APLning 19 turi doirasida "Tottenhem" «Sheffild Yunayted» maydoniga safar uyushtirdi va ishonchli, 1:3 hisobida g'alabaga erishdi.
Ushbu uchrashuvda Keyn o'z goli bilan jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi. Bu natija orqali, Xarry Keyn jarima maydonchasi tashqarisidan gol urish ko'rsatgichi bo'yicha Krishtianu Ronaldu(20 gol)ga etib oldi. Ushbu qatorda, shuningdek, «Chelsi» jamoasi sobiq futbolchisi Janfranko Zola ham o'rin olgan. Italiyalik sobiq hujumchining hisobida ham Keyn va Ronalduniki kabi 20 gol mavjud.
Ma'lumot uchun, angliyalik hujumchi yuqori sermahsullik namoyish etgan holda chempionat doirasida o'tkazgan 18 uchrashuvida 12 gol va 11 golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310