APL. "Tottenxem" safarda ishonchli hisobda g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

Angliya chempionatining 19-turidan o'rin olgan "Sheffild" - "Tottenxem" uchrashuvi o'z yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu g'alaba "Tottenxem"ni 4-o'ringa olib chiqdi. Endilikda ular hisobida 33 ochko mavjud. Navbatdagi mag'lubiyatini qabul qilib olgan "Sheffild" so'nggi pog'onada qoldi.
Sheffild Yunayted – Tottenxem 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 5 Ore, 0:2 – 40 Keyn, 1:2 – 59 Makgoldrik, 1:3 – 62 Ndombele.
Sheffild Yunayted – Remsdeyl, Stivens, Igan, Bashem (Sharp, 74), Bogl, Flek, Landstrem, Berk (Bryuster, 71), Norvud (Brayan, 67), Ampadu, Makgoldrik.
Tottenxem – Loris, Regilon (Sanches, 90), Ore, Rodon, Dayer, Bergveyn (Lukas Moura, 87), Xeyberg, Son Xyong Min (Vinisius, 90), Ndombele, Devis, Keyn.
Ogohlantirishlar: Norvud (23), Landstrem (50), Igan (86), Ampadu (90).

Bosh sahifaga
240