Mandjukich Italiya klubi bilan yarim yillik shartnoma imzolashga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

Xorvatiyalik forvard Mario Mandjukich yaqin orada «Milan» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'zining tvitter sahifasida xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 34 yoshli xorvatiyalik «rossionerilar» bilan yarim yillik shartnoma borasida kelishib olgan. «Milan» vakillari endi futbolchining agenti tomonidan kelishuvning tasdiqlanishini kutishmoqda.
Ma'lumot uchun, Mandjukich o'tgan yozda Qatarning «Al Duhail» klubi bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilganidan keyin erkin agent maqomida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239