Vladislav Tseytlin OFKning kurslarida ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17069
Shu yilning 14-18 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun o'quv kurslari tashkil qilinmoqda. Mazkur kurslarda yurtimiz vakili Vladislav Tseytlin ham ishtirok etadi. O'quv kurslari davomida hakamlar nazoratchilari va instruktorlar uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib boriladi. Ushbu kurslarda yana bir hamyurtimiz Farhod Abdullaev kurs olib boruvchisi sifatida ishtirok etayotganini ham alohida ta'kidlab o'tish kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!