Anvar Soliev «Neftchi»da ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

Barchamizga o'zining "Paxtakor", "Navbahor", "Bunyodkor" klublari va O'zbekiston milliy terma jamoasidagi yorqin o'yinlari orqali yaxshi tanilgan futbolchi, qolaversa Ilhom Mo'minjonov bilan birgalikda "Paxtakor" yoshlar jamoasida yordamchi murabbiy, "Navbahor" va "Surxon" klublarida maslahatchi murabbiy bo'lib birga ishlagan Anvar Soliev endilikda "Neftchi" murabbiylar shtabida ish boshladi. Anvar Soliev Ilhom Mo'minjonovga yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashadi.
Shu o'rinda, "Neftchi" jamoasida tayyorgarlikning Toshkentdagi birinchi bosqichi yakunlandi va jamoa a'zolari Farg'onaga qaytib keldi. Mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Farg'onada davom ettiriladi.
Jamoaga yangi futbolchilarning kelib qo'shilishi va ko'rikdan o'tishi davom etmoqda.

Bosh sahifaga
138