"Liverpul" futbolchisi: "APL chempionligini qo'lga kiritishimizga shubham bor edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228

Angliyaning «Liverpul» klubi hujumchisi Takumi Minamino o'tgan mavsumda qo'lga kiritilgan APL chempionligi hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi. Yaponiyalik futbolchi "mersisaydliklar" safiga «Red Bull Zaltsburg» jamoasi safidan kelib qo'shilgandi.
«Mening o'sha paytdagi tuyg'ularimni ta'riflash ososh emas. Albatta, baxtiyor edim, ammo, men jamoa safida yarim mavsum o'ynagan edim va yuz foiz hissa qo'shishimga shubha qilgandim.
APL Kubogini baland ko'targanimdan g'ururlandim, ammo, mavsumda yaxshi o'ynash kerakligi haqida o'ylardim. Mening maqsadim – jamoam joriy mavsumda ham chempionlikni qo'lga kiritishiga yordam berish», - dedi Minamino Goal.com portaliga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
152