«Real» futbolchisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310

Madridliklar o'z himoyachisi Alvaro Odriosolani qishki transferlar oynasiga qo'yishga qaror qildi.
Marca xabariga ko'ra klub hozircha uni 20 millionga baholamoqda. Futbolchining agenti hozirdanoq bir qancha klublar bilan aloqaga chiqqan. Biroq da'vogarlar orasida Alvaroni to'liq sotib oladigan jamoa hali topilmadi.
Italiyaning «Fiorentina» klubi 25 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olish variantini o'ylab ko'rmoqda. «Binafshalar» uni yaqinda jamoani tark etgan Paul Lirolga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Ma'lumot uchun Odriosola joriy mavsum «qaymoqranglilar» safida 1 ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
148