Desham: «Buni hech qachon unutmayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Frantsiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham «Real» hujumchisi Karim Benzema haqidagi voqealarga o'z munosabatini bildirdi.
«Bu mening xotiramda umrbod saqlanadi. Balki, vaqt o'tishi bilan Karimga bog'liq voqeani ko'pchilik eslamas, biroq men buni hech qachon unutmayman.
Chunki bu faqat menga yoki unga bog'liq jarayon emas. O'sha hodisa tufayli o'z oilamga ham ba'zi bosimlar o'tkazilganligi mening jahlimni chiqaradi», - deydi Desham.
Eslatib o'tamiz Benzema va Desham o'rtasidagi munosabatlar bundan bir necha yillar avval buzilgan bo'lib hozir u milliy terma jamoa yig'inlariga jalb etilmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219