Ellardays: «Vulverxempton»ni standart vaziyatlarda nozik taraflari borligini bilardik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Angliyaning «Vest Bromvich» jamoasi bosh murabbiyi Sem Ellardays APL doirasida «Vulverxempton» ustidan safarda qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'yin epizodlarining aksariyat qismlarida yigitlar rejamizni yaxshi bajarishdi va a'lo darajada o'ynashdi. Bu erga kelganimdan beri eng yaxshi o'yinimizni namoyish etdik.
Bugungi g'alaba - klub va muxlislarimiz uchun ajoyib yangilik. Bu g'alaba futbolchilarimning o'zlariga bo'lgan ishonchlarini oshiradi.
«Vulverxempton» standart vaziyatlardan juda ko'p gol o'tkazib yuboryapti, shu sababli, biz ham bu imkoniyatdan foydalanimizni sezgandik», - dedi Sem Ellardays.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151