"Andijon"ni darvozabonlar murabbiyi ham tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Futbolchilik faoliyatining asosiy qisminin Andijon futboliga bag'ishlagan darvozabon, faoliyatini yakunlaganidan keyin esa darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlab kelayotgan Qobil Olimjonov "Andijon" jamoasini tark etdi.
Uning "Andijon" jamoasi bilan amaldagi shartnomasi o'tgan yilning dekabr oyi boshida yakuniga etgan edi va rahbariyat darvozabonlar murabbiyi bilan shartnomani uzaytirishni xohlamadi.
O'tgan mavsumda "Andijon" jamoasida harakat qilgan Eldor Adhamov, Islombek Abdullaev va Aslan Ahrorovlar bir necha martadan turning eng yaxshi darvozabonlari bo'lishgandi.
Bizgacha etib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Qobiljon Olimjonov murabbiylik faoliyatini Bekobodning "Metallurg" jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.

Bosh sahifaga
161