"Chelsi" va "Tottenxem" janubiy koreyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271

Xitoyning "Beytszin Goan" klubi markaziy himoyachisi Kim Min Chje faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Mirror nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, janubiy koreyalik futbolchiga "Chelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirishmoqda.
Xitoy klubi o'zining 24 yoshli futbolchisini yozda sotib yuborishga tayyor va takliflarni kutmoqda.
Chjening transfer bozoridagi narxi 2 million evroni tashkil qilmoqda. U "Beytszin Goan" tarkibida 57 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299