Nazorat uchrashuvi. "Navbahor" "Andijon"dan ustun keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

Namangandagi "Yosh kuch" stadionida yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan "Navbahor" hamda "Andijon" jamoalari nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida Aziz Turg'unboev tomonidan yo'llangan aniq zarba namanganliklarni oldindi olib chiqdi.
Ikkinchi bo'limning oxirgi daqiqalarida esa Husayin Ergashboev "Navbahor"ning ikkinchi golini kiritdi va nazorat bahsda "Navbahor" 2:0 hisobida "Andijon"dan ustun keldi.
"Navbahor" - "Andijon" 2:0
Gollar: Aziz Turg'unboev 45, Husayin Ergashboev 85.
"Andijon": Javoxir Qilichev, Jasur Raximov, Usmonali Ismonaliev, Mirkomil Lokaev, Abduvoxid G'ulomov, Baxtiyor Qosimov, Kamron Saidazimov, Sunnatilla Mamadaliev, Doniyor Abdumannopov, Abdug'ani Kamolov, Jamshid Homidov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasur Umirzoqov, Kamron Najafaliev, Ibrohim Otaxonov, Ibrohim Turg'unboev, Ulug'bek Xudoyberdiev, Dilshod Baratov, Davron Farxodov, Muhammadkarim Toirov, Farxod Soxibjonov
"Navbahor" tarkibini esa klub matbuot xizmati oshkor qilmadi.

Bosh sahifaga
166