"Napoli" "Barselona" himoyachisi bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281

Italiyaning «Napoli» klubi shu oyning o'zida «Barselona» himoyachisi Xunior Firponi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Neapolliklar 24 yoshli ispaniyalik futbolchini ijaraga olmoqchi. O'z navbatida «Barselona» Ronald Kumanning rejalariga kirmayotgan bu futbolchidan qutulish niyatida. Ehtimol, «Napoli» Firponing transferini mavsum oxirida sotib olishi mumkin.
Joriy mavsumda Firpo 10 ta o'yinda maydonga tushib qoldi va bitta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali Firponing transferini 10 million evro atrofida baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162