«Barselona»da prezidentlik saylovlari qachon bo'lib o'tishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

«Barselona» prezident saylovlarini mart oyigacha qoldirmoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda. Ilgari yangi rahbariyat uchun saylovlar 24 yanvarga belgilangan edi.
Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq qiyin vaziyat tufayli tadbirni keyinga qoldirishga to'g'ri keldi. Ispaniya matbuotining yozishicha, «Barselona»ga prezidentlik saylovlari 7 mart kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu lavozimga uchta nomzod - Joan Laporta, Viktor Font va Entoni Freiks kurashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264