BAA chempionati. Shukurovning goli «Sharja»ga g'alaba keltirdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 13-turi doirasida bugun «Sharja» klubi o'z maydonida "Ittihod Kalba" klubini qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol mezbonlar yarim himoyachisi Otabek Shukurov hisobiga yozildi. O'zbekistonlik futbolchi tomonidan olis masofadan yo'llangan zarba natijasida to'p himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi va to'rga borib tushdi. Vatandoshimiz o'yin oxiriga qadar maydonda harakat qildi.
«Sharja» ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 32taga etkazib, yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
BAA chempionati, 13-tur. 21:00
«Sharja» - «Ittihod Kalba» - 1:0
Gol: Otabek Shukurov (36)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
171