OFK 2021 yilda qit'a miqyosida o'tadigan to'rt musobaqani bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Haligacha butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol bo'yicha xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalarini qiyinlashtirmoqda.
Osiyo futbol konfederatsiyasi qit'a miqyosidagi turnirlarni o'tkazish oldidan mintaqadagi mavjud epidemiologik vaziyatni atroflicha o'rganib chiqdi.
O'rganish natijalariga ko'ra tashkilotning tegishli qo'mitalari bugun bir qator muhim qarorlarni qabul qildi.
Ushbu qarorlarga muvofiq 2021 yilda O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati rasman qoldirildi. Biroq O'zbekiston mazkur chempionat mezbonligini o'zida saqlab qoldi va 2023 yilda ushbu yosh toifasidagi qit'a birinchiligi yurtimizda bo'lib o'tishi OFK musobaqalar taqvimiga kiritiladi.
Shuningdek, Bahraynda o'tadigan U16 Osiyo chempionati, futzal hamda sohil futboli bo'yicha terma jamoalar o'rtasidagi qit'a musobaqalari ham bekor qilindi.

Bosh sahifaga
170