«Ufa» O'runovni 1 mln evroga sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

«Spartak» Oston O'runovni «Ufa»ga ijaraga bermagach, boshqirdistonliklar yarim himoyachini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
«RB Sport» tarqatgan xabarga ko'ra, O'runov vaqtinchalik «Spartak-2»ga o'tkazilishi mumkin. Malkolm Badu moskvaliklarning ikkinchi jamoasini tark etgach, bu jamoada bitta legioner o'rni bo'shadi.
Eslatib o'tamiz, O'runov 2020 yilning yozida 1 million evro evaziga «Ufa»dan «Spartak» safiga o'tib ketgan edi. O'zbekistonlik o'yinchi moskvaliklar safida barcha musobaqalar doirasida 9ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi. Uning hozirgi maoshi 600 ming evroga teng.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174